Mu’ra’jatlardi qabillaw ha'm ko’rip shi’g’i’w

Murojaat kilish tartibi

  • Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.
  • Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin. 
  • Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
  • Ariza fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir. 
  • Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o‘z ichiga olgan murojaatidir. 
  • Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir. 
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega. 
  • Fuqarolarning murojaat ztish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. 
  • Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega. 
  • Fuqarolar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi. 
  • Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni ko‘rib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq ko‘rib chiqilmaydi.

Fuqarolarning murojaatlari reglamenti

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-sonli “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va aktsiyadorlik jamiyatida (keyingi o‘rinlarda jamiyat deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;

murojaatning dublikati — aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;

takroriy murojaat — avvalgi murojaatlar bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;

elektron murojaat — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.

3. Jamiyatga murojaatlar og‘zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.

Jamiyatning rasmiy veb-sayti orqali yoki jamiyatning rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

4. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etishlari mumkin.

5. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

6. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida bo‘lishi lozim. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

7. Jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga binoan amalga oshiriladi.

Murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish ishlari jamiyat Ishlar boshqaruvining ish yurituvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaatlarda bayon qilingan masalalarni o‘rganib chiqish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani imzolash uchun jamiyat Bosh direktoriga kiritish jamiyat ofis-menejeri zimmasiga yuklanadi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish taalluqliligi bo‘yicha jamiyat tarkibiy bo‘linmalari zimmasiga yuklanadi. Ma’lum davr (choraklar, yil) mobaynida jamiyatga kelib tushgan murojaatlarni umumlashtirish va ular bo‘yicha hisobot tayyorlash mas’ul shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 

Murojaatlarning o‘z vaqtida qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi va ijro uchun yuborilishi, shuningdek ularning ko‘rib chiqilishi va murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan tegishli ishlarning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring yuritish jamiyatning ijro intizomini nazorat qiluvchi  mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.   

Kerekli tiykarlar